Loyihalar qiymati 200 million dollardan yuqori

17:23 11 Noyabr 2019 Jamiyat
156 0

Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar koʻlami kun sayin kengaymoqda. Ayniqsa, hududga xorijiy sarmoyalar kiritishga jiddiy eʼtibor qaratilayotir.

Ohangaron tumanida bu borada bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha hududdagi Angren erkin iqtisodiy zonasining Aqcha blokida umumiy qiymati 191 mln. AQSH dollariga teng 4 ta loyiha asosida ishlab chiqarish korxonalarini qurish ishlari boshlandi.

Xitoylik sarmoyadorlar esa, tuman hududida ikkinchi bir loyihani amalga oshirish taklifi bilan tashrif buyurishdi. Ular umumiy qiymati 50 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan loyihani ilgari surishmoqda. Unga koʻra, qurilajak korxona yiliga 130 million dona blok ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi. Asosiysi, har ikkala loyiha amalga oshirilsa yuzlab yangi ish oʻrinlari yaratilib, tuman aholisining turmush farovonligi yuksaladi.

Shodiyor Mutaharov,
(Xalq soʻzi).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?