Leytenant Menkovning mahorat saboqlari

18:44 08 Yanvar 2019 Jamiyat
277 0

Arxiv foto

Mudofaa vazirligi sport klubining taniqli vakillari “Tuyaboʻgʻiz” suv ombori (Toshkent dengizi)da yoshlarga baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha mahorat saboqlari oʻtkazdi.

Unda Mudofaa vazirligi sport klubi aʼzosi, leytenant Vadim Menkov, shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar Gerasim Kochnev va Olga Umarova kabi qator sport ustalari oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Taʼkidlash kerakki, Vadim Menkov baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha toʻrt karra Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylangan ilk sportchi, Xalqaro kanoe federatsiyasi tomonidan dunyoning 2009 yildagi “Eng yaxshi kanoechisi”, deb topilgan.

Mashgʻulotda hali maktab oʻquvchisi boʻlsa-da, kanoeda eshkak eshish boʻyicha sport ustasiga aylanib ulgurgan Gulbahor Fayziyeva hamda sport ustasi, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Dilnoza Rahmatova ham qatnashdi.

Mahorat saboqlari jarayonida 2018 yili baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deya eʼtirof etilgan, Mudofaa vazirligi sport klubi katta murabbiyi Yekaterina Zarkova yoshlarga maslahatlarini berib bordi. Dunyo miqyosida tanilgan sportchilar bilan oʻtkazilgan mashgʻulotlar ishtirokchilarni yuksak marralarga chorlagani, shubhasiz.

Rahmatilla ShЕRALIYEV,

“Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?