Kursantlar tanklar yordamida suv ostida harakatlanish mashqlarini bajarishdi

16:13 12 Iyun 2019 Jamiyat
258 0

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jangovar mashinalarni haydash fani doirasida navbatdagi murakkab amaliy mashgʻulotlarni oʻzlashtirdi.

Boʻlajak ofitserlar T-62 tankida kechuvdan oʻtish, suv ostida harakatlanish mashqini bajardi. Shuningdek, piyodalar jangovar mashinalarida suv yuzasida suzib oʻtishni oʻzlashtirdi. Ushbu oʻquv amaliyoti zirhli texnikani suvda boshqarishdan tashqari tank ekipajining uyushqoqlik bilan harakat qilishi va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlaydi. Yaʼni ularda murakkab sharoitlarga tushib qolganda toʻgʻri yoʻl tutish koʻnikmalarini shakllantiradi.

Shu kunning oʻzida BMP-2 piyodalar jangovar mashinasida ham suv yuzasida suzib oʻtish mashqlari boʻlib oʻtdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?