Kumushkonda turistik qishloq doirasidagi ilk mehmonxona ochildi. Unga 30 mlrd. so',

11:31 16 Dekabr 2019 Welcome to uzbekistan
375 0

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Kumushkon hududida turistik qishloq yaratish boʻyicha loyiha doirasidagi ilk mehmonxona ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston 24 telekanalida xabar qilindi.

Ushbu majmua oʻz ichiga mehmonxona, 50 ta mehmonlar uchun moʻljallangan va 20 ta turar joy, hunarmandlar, rassomlar va agronomlar qishloqlarini olgan. 75 oʻrinli mehmonxonani qurish uchun 30 mlrd. soʻm sarflandi. Shundan 1,5 mln. dollari xorij investitsiyasidir. Mehmonxona tomida basseyn(suzish havzasi) ham bor.

Maʼlumot uchun, yurtimizda turistik qishloqlar yaratish jarayoniga shu yil yozida start berilgan edi. Oʻshanda loyihada 50 ta mehmon uyi, 20 xonali etnomadaniy kompleks, 20 xonali milliy oshxona majmuasi, 10 xonali rassomlar uyi va agroturizm uchun 20 xonali majmua yaratish nazarda tutilayotgani xabar qilingandi.

Shuningdek, mehmonxona, kutubxona, yoshlar ijod markazi, sport va madaniy xordiq chiqarish maydonlari, oʻtovli oromgohlar, 7 ta kurort zonasi, turistlar uchun axborot markazlari, hunarmandlarning suvenirlar doʻkonlari, sunʼiy sharsharalar va boshqa obyektlar qurilishi ham koʻzda tutilgan.

Umuman olganda, yurtimizda ushbu sohada 450 kishini ish bilan taʼminlash, mazkur yoʻnalishdagi sayyohlar oqimini yiliga 250 ming nafarga, turistik xizmatlar hajmini esa 50 mlrd. soʻmga yetkazish kutilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?