Toshkentda tashkilotlar xodimlarini tashish bilan shugʻullanadigan avtobuslar uchun maxsus belgi tayyorlandi

08:51 26 Mart 2020 Jamiyat
134 0

Foto: Тошшаҳартрансхизмат

Toshkent shahrida jamoat transportlari qatnovi toʻxtatilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab ishlovchi fuqarolarga hamda ular ishlayotgan korxona, tashkilot va muassasalarga transport xizmatini tashkil etishda “Toshshahartransxizmat” AJ shartnoma asosida xizmat koʻrsatishi mumkinligi haqida avval ham xabar berilgan edi.

Yoʻlovchilar xavfsizligi hamda transport vositasining texnik va sanitariya talablari asosida xizmat koʻrsatishini bildirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida maxsus belgi tayyorlandi.

Ushbu belgida transport vositasining turi hamda davlat belgisi koʻrsatiladi va xizmat koʻrsatuvchi korxona muhri bilan tasdiqlanadi.

Bu transport vositalarining texnik va sanitar holati talab darajasida ekanligi bildiradi.

Aziz yoʻlovchilar, korxona va tashkilotlar rahbarlari,

transport xizmatini tashkil etishda “Toshshahartransxizmat”AJ tasarrufidagi faqat ana shunday belgili avtobuslardan foydalaning.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?