Koʻz ilgʻamas “darcha” fosh etildi

23:13 22 May 2020 Jamiyat
60 0

Majburiy ijro byurosi Namangan tuman boʻlimi xodimlari tomonidan karantinli davrda belgilangan sanitar qoidalariga amalga qilgan holda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida elektr energiyasi tarmoqlariga oʻgʻrincha ulanib, foydalanish holatlari fosh etildi.

Xususan, Oqbuloq mahallasida yashovchi fuqaro Murodjon Ahmedov oʻz foydasini koʻzlab qingʻir ishga qoʻl urgan “ustamon” isteʼmolchilardan boʻlib chiqdi. Aniqlanishicha, “Karantin paytida kim bilib oʻtiribdi”, deb oʻylagan chogʻi tashqari devor orasidan yashirin tarmoq tortib, elektr energiyasini hisoblagichdan tashqari ishlatib kelgan. Olib borilgan tezkor oʻrganish jarayonida isteʼmolchining qilmishi oshkor, yuzi shuvut boʻldi.
 

Fuqaro oʻgʻrincha elektr energiya tarmoqlaridan foydalanishi orqali huquqbuzarlik sodir etgan, deb topildi. Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, taʼminotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.

Uchqoʻrgʻon tuman Navroʻz MFY da yashovchi fuqaro Shuhrat Ataboyev ham shu toifadagi insonlardan ekan. Unga tegishli xonadon koʻzdan kechirilganda elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoqqa ulanish holati aniqlandi. Qoidabuzarlik boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, isteʼmolchi tarmoqdan ajratildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?