Koronavirusni yuqtirib olish xavfi eng yuqori boʻlgan joylar maʼlum boʻldi

23:22 08 Iyul 2020 Dunyo
9333 0

Illyustrativ foto

Koronavirus tarqalishi tufayli ilgari kiritilgan baʼzi cheklovlarning bekor qilinishi bilan kasallikni yuqtirib olish xavfi yuqori boʻlib turibdi.

Rossiyaning «Izvestiya» nashriga intervyu bergan ayrim mutaxassislar koronavirusni yuqtirib olish xavfi eng yuqori boʻlgan joylarni maʼlum qilishdi.

Mutaxassislarning xulosasiga koʻra, yomon shamollatish tizimiga ega xonalar eng xavfli joy sifatida maʼlum qilindi.

“Agar havo kam aylansa, har qanday yopiq joy xavf tugʻdirishi mumkin”, — deydi Moskva fizika va texnologiya institutining gen muhandislik laboratoriyasi boshligʻi Pavel Volchkov.

Keyingi shunday joylar sirasiga jamoat transporti hamda navbatlar qayd etildi. Bu joylarda odamlar uzoq payt bir-birlariga yaqin turadi va infeksiya yuqish xavfi oshadi.

“Koronavirusni yuqtirib olish xavfi eng yuqori joy tigʻiz vaqtdagi jamoat transporti boʻlishi mumkin. Shuningdek, navbat koʻpayib boradigan doʻkonlar va dorixonalar ham xavfli joylar boʻlishi mumkin”, — deydi Ye.I. Marsinovskiy nomidagi Tibbiy parazitologiya, tropik va vektorli kasalliklar instituti direktori Aleksandr Lukashev.

Shuningdek, ana shunday xavf yuqori joylar qatoriga bar, restoran hamda karaoke klublari ham kiritildi.

Shuningdek, mutaxassislar tish shifokori, stadion, diniy muassasalarga borishda ham ehtiyot boʻlishni tavsiya etishmoqda. Negaki, ayrim hududlarda karantin choralari yumshatilgach odamlar niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash kabi qoidalarga rioya qilmay qoʻyishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?