Koronavirusga chalinganlar qayerda davolanyapti?

19:34 26 Mart 2020 Jamiyat
146 0

Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan 65 bemorning 59 nafari Virusologiya ilmiy tekshirish institutida, 4 nafari Namangan, 2 nafari Fargʻona viloyatida davolanmoqda. Ularning barchasi ustidan jiddiy tibbiy nazorat oʻrnatilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Virusologiya ilmiy tekshirish instituti rahbariyati bergan maʼlumotlarga koʻra, u yerda davolanayotgan bemorlarning 13 nafarida pnevmoniya alomatlari kuzatilmoqda. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli ogʻir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?