Koronavirusdan zararlangan qancha bemor uyida davolanmoqda? Raqamlar ochiqlandi

15:06 22 Iyul 2020 Jamiyat
1961 0

Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi aʼzosi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi xodimi Joʻshqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan maʼlumot berdi.

22-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, mamlakat boʻyicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 58,
Andijon viloyatida — 136,
Jizzax viloyatida — 22,
Navoiy viloyatida — 40,
Namangan viloyatida — 21,
Samarqand viloyatida — 96,
Sirdaryo viloyatida — 156,
Surxondaryo viloyatida — 101,
Qashqadaryo viloyatida — 21,
Toshkent viloyati — 637,
Toshkent shahrida — 413
nafar bemor uyda davolanmoqda.
Ularning barchasi shifokorlar nazoratida boʻlib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti.
Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yoʻlga qoʻyilgan.

5-iyuldan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berildi.
Uyda davolanish amaliyotini oʻtayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda boʻladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?