Koronavirus tufayli otasi karantinga olingan nogiron bola ochlikdan vafot etdi. Bu eʼtiborsizlik uchun partiyasi qoʻmitasi kotibi va shahar hokimi oʻz lavozimidan boʻshatilgan

21:57 04 Fevral 2020 Dunyo
1410 0

Arxiv surat

Xitoyda nogiron bolaning otasini karantinga olgan ikki amaldor oʻz lavozimlaridan boʻshatildi, deya xabar berdi bbc.com.

Ota oilaning yagona boquvchisi boʻlgan. 16 yoshli Yan Chen oʻtgan chorshanba kuni, otasi va akasi koronavirus infeksiyasida gumon qilinib izolyatsiya qilinganidan bir hafta oʻtib vafot etgan.

Shu vaqt ichida, xabarlarda maʼlum qilinishicha, bola faqat ikki marta ovqatlangan, xolos.

Bu eʼtiborsiz uchun marhumning oilasi yashagan Xubey provinsiyasi mahalliy kommunistik partiyasi qoʻmitasi kotibi va shahar hokimi oʻz lavozimlaridan boʻshatilgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarida xabar qilinishicha, bolaning otasi Xitoyning “Weibo” ijtimoiy tarmogʻiga oʻgʻlining miya falajidan aziyat chekishi va mustaqil ravishda harakat qila olmasligini, uyda ovqat va suvsiz qolganini maʼlum qilib, yordam soʻragan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?