Koronavirus tarqalishi haqida maʼlumot bergan kitob topildi. Unda virus biologik qurol deyilgan ekan (+Foto)

14:09 19 Fevral 2020 Dunyo
11457 0

Foto: planetanovosti.com

Kitob 1981-yilda nashr etilgan boʻlib, unda 2020-yilda butun dunyo boʻylab tarqaladigan koronavirus haqida yozilgan ekan. Bu haqda planetanovosti.com yozmoqda.

Foto: planetanovosti.com

Mutaxassislar “Zulmat koʻzlari“ nomli kitobga tegishli maqolani nashr etishdi. Unda Xitoyda biologik qurol sifatida ishlaydigan virusni yaratish bilan shugʻullangan harbiy laboratoriya haqida hikoya qilinadi.

Ushbu hikoya muallifi Din Kuns asarida oʻgʻlini qidirib harbiy bazalardan birida topib olgan Kristin Evans haqida yozadi. Qahramonning oʻgʻli Denni laboratoriyada yaratilgan sunʼiy mikroorganizm bilan zararlangandan soʻng ushbu harbiy bazaga yuboriladi. Kitobda “Uxan-400” virusi haqida ham soʻz boradi. Ushbu virus ideal biologik qurol hisoblanib, faqat odamlarga taʼsir qiladi.

Foto: planetanovosti.com

Nafaqat Din Kuns, balki yana bir nechta yozuvchilar ham xavfli virus haqida kitob yozishgan. Masalan, 2008-yilda amerikalik yozuvchi Silviya Braun “Kunlarning oxiri: Dunyoning oxiri haqidagi bashoratlar va taxminlar“ nomli kitobini nashr etadi. Unda yozuvchi butun dunyo boʻylab tarqaladigan virus haqida soʻz ketgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?