Koronavirus pandemiyasi: Eng xavfsiz mamlakat nomi eʼlon qilindi

14:25 21 Aprel 2020 Dunyo
578 0

Isroil koronavirus tarqalishini boshqalarga qaraganda muvaffaqiyatli yengga olgan eng xavfsiz mamlakat deya taʼkidlandi. Buni Deep Knowledge Group (DKG) mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalari tasdiqlaydi.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, ushbu mamlakat davlat boshqaruvi, shuningdek, kasallikning aniqlanishi va davolashga tayyorligi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan.

“Isroilning reytingda yetakchilik qilishi ajablanarli emas, chunki mamlakat doimiy inqiroz holatida, shunigdek, u chegaralar yopish hamda favqulodda vaziyatlardagi harakatlar borasida katta tajribaga ega”, deydi ekspertlar.

Germaniya esa ushbu roʻyxatda ikkinchi oʻrinni qayd etdi. Yevropaning boshqa davlatlari bilan taqqoslaganda, hozirgi vaqtda ushbu mamlakat eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega va tadqiqotchilar fikriga koʻra, epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan keyin katta iqtisodiy foyda olishi mumkin.

Kuchli uchtalikni Janubiy Koreya yakunladi.

Bundan tashqari, Avstraliya, Xitoy, Yangi Zelandiya, Tayvan, Singapur, Yaponiya va Gonkong kabi mamlakatlar ham pandemiya davridagi eng xavfsiz hududlar deb topildi.

Shu bilan birga, Rossiya roʻyxatning 12, AQSH esa 70-oʻrnini egalladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?