Koronavirus nafaqat keksalar, balki ayrim toifadagi yoshlar uchun ham xavfli ekanligi aniqlandi

12:07 19 Aprel 2020 Dunyo
313 0

Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi ilmiy-klinik markazi olimlari koronavirus infeksiyasi ogʻir kechadigan yoshlar toifasini aniqladi. Bu haqda taniqli teledoktor Yelena Malisheva oʻzining Intstagram sahifasida maʼlum qildi, deb xabar berdi kp.ru.
U asosan keksalar koronavirus xatar guruhiga kirsalar-da, ogʻir holatlar yoshlar oʻrtasida uchrashi mumkinligini ham eslatib oʻtdi. Misol uchun, Moskvada virusga chalinganlarning qariyb yarmi yoshlardir. Ularning bir qismi jonlantirish boʻlimida oʻpkada sunʼiy havo aylantirish(PSR) apparatiga ulangan.

Malishevaning aytishicha, bu toifaga qandli diabet, yurak yetishmovchiligi, semirishdan aziyat chekayotgan yosh insonlar kiradi.

Teledoktor bunday bemorlar koʻp ekanligini qoʻshimcha qilar ekan, izolyatsiya rejimiga rioya etish lozimligiga chaqirdi. Chunki bu kasallik ogʻir kechishi mumkin boʻlgan insonlar va shundoq ham hozir ogʻir yuklanishdagi shifokorlarga virusni yuqtirmaslik uchun oʻta muhimdir.

Bundan oldin xitoylik olimlar koronavirusga chalingan bemorlarning qon guruhlari haqidagi maʼlumotni eʼlon qilgan edi. Unga koʻra tojdor virus eng koʻp ikkinchi, eng kam toʻrtinchi qon guruhida aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?