Koronavirus haqida bilishimiz kerak boʻlgan muhim maʼlumotlar

23:06 24 Mart 2020 Dunyo
204 0

Illyustrativ surat

Har kuni olimlar COVID-19 koronavirusi haqida yangi dalil va maʼlumotlarni topib, butun dunyo ahliga yetkazishga harakat qilishmoqda. Ayni damda shu haqda qisqacha maʼlumotlar berib oʻtamiz.

1. Koronavirus infeksiyasi vaqtincha hid va taʼm bilishni yoʻqotishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shu “yon taʼsir“ boshqa virusli kasalliklar, shu jumladan, gripp bilan ham sodir boʻladi.

2. Oshqozon buzilishi — bu koronavirus infeksiyasining belgilari boʻlgan isitma, yoʻtal va nafas qisilishi bilan birga tez-tez uchraydigan yana bir alomat.

3. Ilgari koronavirus faqat keksa odamlar uchun xavfli boʻlgan boʻlsa, endilikda yangi koronavirus yoshlarga ham tahdid sola boshladi.

4. Yangi COVID-19 koronavirusi onadan bolaga yuqmaydi. Vaholanki, hozirga qadar virusni yuqtirgan ayollar sogʻlom farzandlarni dunyoga keltirishdi.

5. Koronavirusga eng moyil insonlar II qon guruhi egalari. Unga qarshi tura oladiganlar esa nisbatan I qon guruhi vakillaridir.

6. Yangi COVID-19 koronavirusi juda barqaror boʻlib, noldan past haroratda ikki yilgacha yashashi mumkin.

7. Yengil koronavirus infeksiyasi boʻlgan bemorlar kasallikning birinchi alomatlari boshlanganidan taxminan 2 hafta oʻtgach tuzalgan.

8. Yangi koronavirus “biologik qurol“ emas. U tabiiy evolyutsiya natijasida paydo boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?