Koronavirus bosh miya va markaziy asab tizimini falaj qilishi mumkin

23:03 28 Aprel 2020 Lifestyle
860 0

Koronavirus inson organizmida tarqalib, bosh miya va markaziy asab tizimini falaj qilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining yangilangan uslubiy tavsiyalarida aytib oʻtilgan:

“Bemorda kasallikning erta davrida hid bilishning oʻzgarishi (giposmiya) — markaziy asab tizimi zaralanganidan darak beradi, shuningdek, burun shilliq qavatida shish hosil boʻlganini anglatadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, koronavirus (SARS-CoV-2) taxminan koʻrshapalak koronavirusi va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan koronavirus oʻrtasidagi qayta kombinatsiyalangan virus hisobladi. SARS-CoV-2 ning genetik ketma-ketligi SARS-CoV (atipik pnevmoniya virusi) ketma-ketligi bilan kamida 79 foiz oʻxshash.

Virus organizmga yuqori nafas yoʻli epiteliysi, shuningdek, tavsiyalarda aytilgandek, oshqozon va ichaklar orqali tushadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?