Koronavirus bolalarda yurak va qorinda ogʻriq, qariyalarda uyquchanlik bilan namoyon boʻlmoqda

13:35 26 Sentyabr 2020 Jamiyat
1917 0

Bemorlarda COVID 19 uchun tegishli boʻlmagan simptomlar ham kuzatilishi mumkinmi? Doʻstimda qusish kuzatilmoqda. Shu boʻyicha maʼlumot bersangiz? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva javob berdi.

"Bemorlarni kuzatish jarayoniga asosan koronavirus infeksiyasining belgilari har doim ham yuqori harorat va yoʻtal bilan cheklanmaydi. Kuzatuvlarda baʼzi bemorlarda qaltirash, sezgining yoʻqolishi, qusish, bundan tashqari teri va koʻz zararlanishi ham qayd etilgan.

Bundan tashqari baʼzi bolalarda virus yurak va qorinda ogʻriq, qariyalarda esa befarqlik va uyquchanlik bilan namoyon boʻlgan.

Bunday hollarda ushbu belgilarga oʻz vaqtida eʼtibor qaratish va shifokorga murojaat qilish lozim", deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?