Koronavirus bilan kasallanmaslikning uchta imkoniyati aytildi

08:24 14 Iyul 2020 Dunyo
9748 0

Rossiyalik immunolog, jamoat salomatligi va xalqaro sogʻliqni saqlash boʻyicha ekspert Nikolay Kryuchkov inson qaysi holatlarda koronavirus bilan kasallanmasligi haqida maʼlum qildi.

Birinchisi, kuchli tugʻma immunitet, ikkinchisi, turli mavsumiy koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish natijasida paydo boʻlgan immunitet, uchinchisi, kasallikning yengil shaklda kechishi.

Mutaxassisning fikricha, dastlabki ikkita holatda, shamollashdan keyin paydo boʻlgan immunitet tufayli koronavirus umuman tanaga kirmaydi.

Uchinchi holatda esa, infeksiyani inson hatto sezmasligi va eʼtibor bermasligi mumkin. Masalan, bir necha kun yoʻtaladi va shu bilan hammasi oʻtib ketadi. Shu bilan birga, tanada infeksiya boʻladi va oʻziga xos immunitet saqlanib qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?