Koronavirus bilan kasallanganlarga xususiy tibbiyot tashkilotlari ham xizmat koʻrsatadi

21:52 26 Mart 2020 Jamiyat
187 0

“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4649-son, 26.03.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 2020-yil 1-sentyabrga qadar tibbiy xizmat koʻrsatishga ruxsat berildi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish faqat Sogʻliqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnomaga koʻra amalga oshiriladi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) oʻtkazmasdan aniqlanadi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlari Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zaruratga koʻra, nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?