Koreyalik investorlar Romitanda issiqxona quradi

16:18 16 May 2019 Jamiyat
453 0

2019 yil 15 may kuni Buxoro viloyati Romitan tumaniga Janubiy Koreya davlatining “KANG DONG XAK“ kompaniyasi ijrochi direktori Chindju Mion Cheon hamda bir nechta boshqa kompaniyalar vakillari, xorijiy investorlar tashrif buyurishdi.

Ularga tuman xokimligi tomonidan tayyorlangan sakkizta investitsion takliflar, bukletlar xamda tumanning investitsion potensialini aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi. Xorijiy investorlar hokimlik taklifini maʼqullab, tumanda Janubiy Koreya texnologiyasi asosida issiqxona anjomlarini ishlab chiqarishni tashkil etish xamda shu bilan birgalikda aholiga arzon narxlarda issiqxonalar qurib berish istagini bildirdilar.

Amalga oshirilgan kelishuvlar asosida kompaniyalar bilan tegish shartnomalar va memorandum imzolandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?