Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi prezidenti “Xalq soʻzi”ga tashrif buyurdi

12:12 09 Oktyabr 2019 Jamiyat
277 0

Mamlakatimizga amaliy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish maqsadida kelgan Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi prezidenti Jung Kyu Sung 9-oktyabr kuni “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatiga tashrif buyurdi.

Bu yerda mehmon Oʻzbekistonda axborot agentliklari va bosma nashrlar faoliyati haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻldi. Muloqot davomida ikki davlat ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish xususida soʻz yuritildi.

Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi rahbari tahririyatdagi yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Gazeta xodimlari bilan kechgan muloqotda qalamga olinayotgan mavzularning dolzarbligiga yuqori baho berdi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?