Koʻp qavatli uylardan birida portlash roʻy berdi

17:11 06 Aprel 2019 Dunyo
716 0

Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi turar-joylardan birining yuqori qavatida portlash roʻy berdi. Oqibatda 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.

Baxtsiz hodisa Puente-de-Valyekas tumanidagi uyning 13-qavatida sodir boʻldi. Shuningdek, beshta qoʻshni xonadon hamda yaqin oradagi 25 ta avtomobil zararlangan. Portlash toʻlqini shu qadar katta ziyon yetkazganki, 78 ta oila yaqin kunlar ichida uylariga qayta olmaydi. Voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar va shifokorlar tezda yetib kelgan.

Jarohatlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatildi, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Gazning sizib chiqishi portlashni keltirib chiqargani taxmin qilinyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?