Komissiya aʼzolari oilalarda nizoli vaziyatlarni hal etishning zamonaviy uslublaridan bexabar

18:28 17 Sentyabr 2019 Jamiyat
156 0

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtiruv komissiyalari faoliyati samaradorligini tahliliy oʻrganish natijalari hamda oilaviy nizolarni tartibga solish sohasida yangi usul hisoblangan mediatsiyani tatbiq etish masalalarining taqdimotini oʻtkazmoqda.

Xoʻsh, taqdimotdan koʻzlangan maqsad nima?

Tadqiqot natijalarining koʻrsatishicha, hayotga mediatsiya amaliyoti oilaviy nizo va kelishmovchiliklarni hal etishning yangi va muqobil usuli sifatida tatbiq qilinishi lozim. Konfidensiallik, teng huquqlilik va ixtiyoriylik esa, uning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Jamiyat rivojining zamonaviy bosqichida oilaviy nizolar shaxsiy hayotga aralashmaslik, betaraflik, konfidensiallik huquqiga rioya qilgan holda hal etilishi lozim.

Yarashtiruv komissiyalari faoliyati samaradorligi ilmiy-amaliy tahlil qilishda Germaniya, Bolgariya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlatlari ekspertlari ishtirokida nizolashish arafasida va nizoli vaziyatda boʻlgan oilalar bilan ishlashning yangi shakl va usullari borasidagi xalqaro tajriba oʻrganildi.

Afsuski, yarashtiruv komissiyalari faoliyatini tahlil qilish davomida mazkur komissiya aʼzolari oilalarda kelishmovchilik va nizoli vaziyatlarni hal etishning zamonaviy uslublaridan bexabar ekanligi aniqlandi.

Mazkur sohada yangi usul hisoblangan mediatsiyani tatbiq etish masalalarining taqdimoti bu boradagi ishlarni takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?