Komil Allamjonov blogerning telefonini tortib olgan soliqchilarni keskin tanqid qildi

17:59 13 Iyun 2019 Iqtisodiyot
1264 0

Arxiv foto

Soliq idorasi xodimlari bloger Aziz Ashurbayevning telefoni va uning “Instagram” tarmogʻidagi sahifasi olib qoʻygani haqida maʼlumot kelib tushdi, deb yozmoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi direktori Komil Allamjonov oʻzining Tvitterdagi sahifasida.

Uning qayd qilishicha, Davlat soliq qoʻmitasidan ushbu holatni oʻrganib, agarda inspektorning xatti-harakati qonunga zid boʻlsa, chora koʻrilishi talab qilinadi.

“Soliqchilarimiz blogerlarni soliqqa tortish yoki ularga qarshi yuqoridagidek zoʻravonlik qilishdan avval tizimdagi korrupsiyani yoʻqotish, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish kabi eng dolzarb muammolarni hal etsalar, jamiyatga va iqtisodiyotga koʻproq foyda keltirgan boʻlar edilar.

Shuni alohida taʼkidlashni istar edimki, yurtimizdagi barcha jurnalist va blogerlar Agentligimiz himoyasi ostida. Ularga nisbatan har qanday noqonuniy xatti-harakatga qarshi turishga tayyormiz!“, deya yozib qoldirgan Allamjonov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?