Koʻchadan pichoq sanchilgan chaqaloq topib olindi. Uning hayoti asrab qolindi

16:03 12 Sentyabr 2020 Dunyo
10937 0

Argentinaning Misyones provinsiyasidagi Posades shahri koʻchalaridan birida yangi tugʻilgan qiz bola chaqaloq topib olindi. U paketga oʻralgan, hammayogʻi yara-chaqa, ort tomonida esa sanchilgan pichoq osilib turar edi, deb yozadi Daily Mail gazetasi.

Maʼlum boʻlishicha, 31 yoshli jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqchi Diyego Sebastyan Penayo yoʻlda ketayotib, goʻdak yigʻisini eshitib qoladi. Soʻngra zudlik bilan uni shifoxonaga olib boradi.

Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilgandan soʻng qizaloqning hayoti saqlab qolingan

Keyinchalik chaqaloq tugʻilganiga ikki kun boʻlgani aniqlandi. Uning tanasida kesish, tilinish koʻrinishidagi juda koʻp jarohatlar bor edi. Ammo ularning birortasi bolakayning ichki organlariga oʻtmagan. Qizaloqqa Esperansa deb ism qoʻyildi. Bu oʻzbekchasiga Umida deganidir.

Oradan biroz vaqt oʻtib shafqatsiz ona ham qoʻlga olingan. U farzandini dunyoga keltirishi bilan, uni olib tugʻuruqxonani tark etgan. U bu qilmishi uchun jazolanadimi yoki yoʻq, bu haqida maʼlumot berilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?