DXX harbiy xizmatchilari 200 ga maktabga 25 mingdan ortiq kitob sovgʻa qildi

14:36 09 Fevral 2020 Madaniyat
344 0

“Xalq so`zi ONLINE”

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligi arafasida Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari tomonidan “Rahmat senga qadrdon maktabim!” shiori ostida kitob aksiyasi oʻtkazildi.

DXX harbiy xizmatchilari oʻzlari yoqtirgan, sevimli asarlari sirasiga kiruvchi 25 mingdan ortiq adabiyotlarni xarid qilib, joriy yilning 5-8-fevral kunlari respublikamizning 200 ga yaqin umumtaʼlim maktablariga topshirishdi.

Endilikda ushbu maktablar kutubxonasidan joy olgan 100dan ortiq nomdagi jahon adabiyotiga taalluqli boʻlgan asarlar va 135 nomdan iborat mumtoz adabiyotimiz namunalari, jumladan, Alisher Navoiyning “Hamsa”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar”, Yulian Semyonovning “Bahorning oʻn yetti lahzasi” nomli kitoblari oʻquvchilarning oʻz bilimlari va dunyoqarashlarini oshirishlari uchun xizmat qiladi.

Zero, dunyodagi eng yaxshi sovgʻa hisoblangan kitob yoshlarimizning kelajakda buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar boʻlib ulgʻayishlarida muhim oʻrin tutishi shubhasiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?