Kishtvarda yoʻlovchi avtobusi daraga agʻdarilib tushdi. Qurbonlar koʻp

10:44 02 Iyul 2019 Dunyo
498 0

Hindistonda togʻ yoʻlidan ketayotgan avtobus daraga qulab tushgan, deb xabar berdi NDTV.

Fojea bugun tongda Jammu va Kashmir shtatining shimolidagi Kishtvar okrugida roʻy bergan. Avtobusda 45 yoʻlovchi boʻlgan, ulardan 33 nafara hayotdan koʻz yumgan.

Ayni paytda halokat joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Politsiya YTH boʻyicha surishtiruv olib boryapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?