Xususiy bandlik agentliklari ishsizlarning mablagʻlarini qaytarmayapti. Vazirlik ular faoliyatini tekshiradi.

Illyustrativ foto
Bugungi kunda respublikamizda litsenziyaga ega 61 ta Xususiy bandlik agentligi faoliyat yuritayotgan boʻlib, ayrim Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarga ishga joylashish borasida xizmatlar koʻrsatilishi uchun ulardan oldindan 100 foiz toʻlovlarni amalga oshirish talab etilmoqda va undirilgan toʻlovlar evaziga fuqarolarni ishga joylashtirish xizmatlari koʻrsatilmay qolmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar qildi.
Natijada fuqarolar tomonidan Xususiy bandlik agentliklariga toʻlagan mablagʻlarini qaytarish talab etilganda, ushbu mablagʻlar qaytarilmayapti yoki xizmatlar koʻrsatilmagan boʻlsa-da, mablagʻlarning maʼlum bir qismi asossiz ushlab qolinmoqda.
Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentyabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq vazirlik tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlash maqsadida ayrim* Xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini tekshirish rejalashtirmoqda.
Tekshirish yakuni boʻyicha qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan Xususiy bandlik agentliklarining litsenziyasini toʻxtatish, tugatish, bekor qilish masalasi koʻrib chiqiladi, shuningdek Nizom va Bitim talablarini buzgan Xususiy bandlik agentliklari boʻyicha toʻplangan hujjatlar va maʼlumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Tekshirish rejalashtirilgan Xususiy bandlik agentliklari roʻyxati quyidagi havola boʻyicha koʻrish mumkin.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: