Xorijdan Oʻzbekistonga kirib kelishning yangi tartibi eʼlon qilindi

21:34 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
499 0

Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yoʻl va avtotransport vositasi orqali Oʻzbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

Soʻnggi 14 kun davomida “yashil” davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) boʻlib turgan shaxslar – Oʻzbekiston hududiga toʻgʻridan toʻgʻri kiritiladi.

“Sariq” (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda “qizil” davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar – soʻnggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etgan holda Oʻzbekiston hududiga kiritiladi.

Agar shaxs soʻnggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan boʻlsa yoki shaxsda koronavirus infeksiyasining alomatlari (yoʻtal, isitma va b.q.) mavjud boʻlsa, Oʻzbekistonga kelganidan soʻng oʻtkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida oʻz hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan oʻtadi hamda Oʻzbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

Oʻzbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida boʻlish majburiyatini zimmasiga olish toʻgʻrisida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat boʻlgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga koʻra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?