Xorijda ham Oʻzbekiston fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar bor

17:15 26 Mart 2020 Jamiyat
180 0

Illyustrativ surat

Xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan boʻlib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan, ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qoʻyilgan. Vaziyat elchixona doimiy nazoratida.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov AOKAda tashkil etilgan brifingda maʼlum qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?