Erdoʻgʻanning oʻgʻli yana Oʻzbekistonga keldi. Xiva yana bir xalqaro festivalga mezbonlik qiladi

14:47 22 Iyul 2019 Madaniyat
354 0

Joriy yilning 6-8-sentyabr kunlari Xiva shahrida “Xalqaro kamondan otish va milliy oʻyinlar festivali” oʻtkaziladi.

Bu sport musobaqasini yuqori saviyada tashkil qilish va oʻtkazish maqsadida Butunjahon Etnosport Konfederatsiyasi (BEK)prezidenti Bilol Erdoʻgʻan boshchiligida bir guruh mehmonlar Xivaga tashrif buyurishdi. Turkiyalik mehmonlar festivalga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib, mahalliyommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil qilingan matbuot anjumanida ishtirok etdilar.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Butunjahon Etnosport Konfederatsiyasi (BEK) prezidenti Bilol Erdoʻgʻan, Turkiya oʻqchilar vaqfi rahbari Haydarali Ildiz va boshqalar festivalning oʻtkazilishi, qamrovi va yoritilishi bilan bogʻliq jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?