Xitoyda koronavirus infeksiyasiga qarshi dorini ishlab chiqarishga rasman ruxsat berildi

10:43 17 Fevral 2020 Dunyo
411 0

Xitoydagi eng yirik Zhejiang Hisun Pharmaceutical farmatsevtika kompaniyasi Covid-19 koronavirusi infeksiyasiga qarshi potensial dori vositasi — “Favipiravir” (Favipiravir) virusga qarshi vositasini sotishni boshlash uchun hukumatdan ruxsat oldi.

Reuters manbasining maʼlum qilishicha, preparat sotuvda paydo boʻlishi bilan, kompaniya ushbu vositaning klinik sinovlarini davom ettirishi shart.

“Favipiravir”ning dastlabki klinik sinovlarida 70 kishi ishtirok etgan edi va unda ushbu dori vositasi “nisbatan koʻrinarli samaradorlik”ka ega ekanligi maʼlum boʻldi, deb xabar berdi Xitoy ilm-fan va texnika vazirligi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxan Gebreyesus 11-fevral kuni Covid-19 koronavirusi infeksiyasidan vaksina ishlab chiqishga qariyb bir yarim yil vaqt ketishini bildirgan.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, koronavirusdan 1600dan ziyod inson vafot etgan. 16-fevral kunida birinchi oʻlim holati Tayvanda roʻyxatga olingan, deb yozadi Meduza.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?