Xitoyda 5300-yillik tarixga ega yana bir qadimiy shahar topildi

01:02 20 May 2020 Dunyo
230 0

ФОТО : «Мир 24»

“5300-yil oldin Xitoyning Xenan provinsiyasida mavjud boʻlgan shahar xarobalari topildi. Maydoni 1,17 million kvadrat kilometrni tashkil etadigan ushbu hudud oʻz davridagi eng yirik aholi punktlaridan biri hisoblangan”, deb xabar beradi China Daily.

Xuanxe daryosidan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu shahar, arxeologlarning taxmin qilishlaricha, taxminan yetti ming yil oldin paydo boʻlgan Yanshao madaniyati vakillarining yashash manzillari boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, qazilmalar maydonidan xandaqlarning halqalari, shahar devorlarining izlari, uchta nekropol hududida puxta joylashgan 1700 ta qabrlar hamda turar-joy binolari orasida marosimlar oʻtkaziladigan uchta qurbonlik maydonchasining qoldiqlari aniqlangan.

Tarixchilarning fikriga koʻra, shaharning joylashishi “Oʻzgarishlar kitobi”da qayd etilgan matnlariga toʻgʻri kelgani bois uning aynan ushbu hududda joylashganligi bejiz emas .

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?