Xitoy Tojikiston avtoyoʻllarini tuzatish uchun 357 mln. dollardan ziyod grant taqdim etmoqda

16:45 30 Oktyabr 2019 Dunyo
254 0

Illyustrativ foto

Xitoy Tojikistonga 357 mln. dollardan ziyod navbatdagi grantini taqdim etadi. Bu mablagʻlar Koʻlob va Boxtar shaharlaridagi avtoyoʻllarni reabilitatsiya qioig va Dushanbe-Kulma avtoyoʻli uchastkasini rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladi, deb xabar berdi Avesta.

Ushbu mamlakat parlamenti quyi palatasi bugun Xitoy tomonidan 2,5 mlrd. yuan miqdoridagi begʻaraz yordam berilishi toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilgan.

Mablagʻlar ikki davlat oʻrtasidagi 2018-2020-yillarda texnik-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha kelishuvi doirasida berilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?