Xitoy yil oxiriga qadar qashshoqlikni butunlay yoʻq qilishni rejalashtirmoqda

11:56 23 May 2020 Dunyo
287 0

Koronavirus epidemiyasi va uning iqtisodiyotga salbiy taʼsiriga qaramay, Xitoy qashshoqlikni butunlay yoʻq qilish gʻoyasidan voz kechmadi va yil oxirigacha bu maqsadga erishmoqchi.

Bu haqda XXR Bosh vaziri Li Kesyanning asosiy qonunchilik organi - Butun Xitoy Xalq vakillari assambleyasi sessiyasining ochilish marosimida soʻzlagan nutqida maʼlum qilindi.

“Biz qashshoqlikka qarshi kurashda gʻolib boʻlamiz” deya taʼkidladi Bosh vazir.

Li Kesyanning soʻzlariga koʻra, hukumat qishloq joylarni tiklash bilan faol shugʻullanish, ularni eng muhim tovarlar bilan taʼminlagan holda turmush darajasi hamda sharoitlarini koʻtarishni rejalashtirishmoqda.

Yil oxiriga qadar, Bosh vazirning taʼkidlashicha, eng katta muammolarga duch kelayotgan mingdan ortiq qishloqlarda qashshoqlikka barham berilishi kutilmoqda.

“Shu yoʻl bilan Xitoy oʻrta sinf jamiyatini qurishi va dunyoda oʻz hududida qashshoqlikni batamom yoʻq qilgan birinchi davlat boʻlishi mumkin”, deb maʼlum qildi Li Kesyan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?