Xitoy hukumati koronavirus alomatlarini yashirganlik uchun oʻlim jazosini kiritmoqda

14:32 17 Fevral 2020 Dunyo
319 0

Xitoyda yangi COVID-19 koronavirusi simptomlarini yashirganlik yoki bemorning ahvoli haqida yolgʻon maʼlumot berganlik uchun oʻlim jazosi amalga kiritilmoqda. Bu haqda DW manbasi Xitoy sudi bayonotiga tayanib xabar qildi.

Oʻz sayohatlari tarixini berkitish ham jinoiy javobgarlik hisoblanishi mumkin. Infeksiya manbasi boʻlib, virus tarqalishiga sababchi boʻlgan inson esa jamoatchilik xavfsizligiga tahdid paydo qilishda ayblanadi. U 10 yillik yoki butun umrlik qamoq yoxud oʻlim jazosiga hukm etiladi.

Qayd etilishicha, Xitoy milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi 15-fevraldan boshlab yoʻtali, harorati va virusli kasallikning boshqa belgilari mavjud boʻlgan aholi vakillarini mamlakat boʻylab avtobuslar, poyezdlar va samolyotlarda harakatlanishini taqiqlagan. Bundan tashqari, epidemiya oʻchogʻi zonasidan bayramdan soʻng qaytgan barcha fuqarolar yo uyida yoki 14 kun davomida shifokor nazoratida boʻlishi shart. Karantinni rad etganlar esa jazolanishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?