“Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan respublikamizda avtomobil harakati cheklanadigan kun belgilandi

09:22 24 Sentyabr 2020 Jamiyat
785 0


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

2-sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan:

a) 2021-yildan boshlab sentyabr oyining uchinchi yakshanba kuni respublika boʻyicha “Avtomobilsiz kun” deb eʼlon qilinadi hamda shu kuni avtomobilda harakatlanish taʼqiqlanadi (maxsus texnikalar, taksi va yetkazib berish hamda tibbiy tez yordam uchun xizmat koʻrsatadigan texnikalar, jamoat transportlari, zarur hollarda foydalaniladigan shaxsiy avtomobillar bundan mustasno);

b) qoʻshimcha ravishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari asosida tumanlar va shaharlarda “Avtomobilsiz kun” tadbirlarini oʻtkazish belgilanishi mumkin;

v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar “Avtomobilsiz kun” tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlaydilar;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan hamkorlikda hududlarda “Avtomobilsiz kun” tadbirlari davomida jamoat tartibi saqlanishini va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?