Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov partiya aʼzosi boʻldi

10:25 27 Sentyabr 2019 Siyosat
299 0

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Shermatov Sherzod Xotamovich Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga aʼzo boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston XDP Markaziy Kengashi Axborot xizmati xabar berdi.

Vazir Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturiga taʼlim tizimida ijtimoiy tenglikni taʼminlash, olis qishloq joylarda ishlovchi oʻqituvchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirish, bu borada qonunchilikni takomillashtirish masalalarida oʻz takliflarini berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?