“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida nimalar chop etildi?

10:04 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
978 0

1. Mintaqamizda suv tanqisligi bilan bogʻliq vaziyat yildan-yilga murakkablashib bormoqda. Oxirgi 10 yilda, misol uchun, Oʻzbekistonda suv hajmi 12 foizga, oʻtgan yildagiga nisbatan esa bu yil 15 foizga kamaygan. Paxta va gʻalla yetishtirish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hamda suvni yetkazib berish xarajatlari ham koʻp. Xususan, 2,5 million gektar maydonni sugʻorish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 8 milliard kilovatt soat energiya va 2,4 trillion soʻm byudjet mablagʻlari sarflanmoqda. Bunga nima sabab boʻlmoqda? Muammoni qanday hal qilish mumkin?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-sentyabr kuni suv xoʻjaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishiga oid maqolada muammoni hal etish borasida qilinishi lozim boʻlgan ishlarga toʻxtalib oʻtilgan.

2. Jahon miqyosida yangi tushuncha — “beshinchi hokimiyat” yoki jamoatchilik hokimiyati tushunchasi rivojlanib bormoqda. Xoʻsh, bu qanday hokimiyat? U qanday shakllanadi? Uning mamlakat rivojidagi oʻrni qanday?

Mazkur savollarga Baxtiyor Omonovning “Milliy taraqqiyot hamda “beshinchi hokimiyat”: muammo va yechim” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori, falsafa fanlari doktori Saʼdulla Otamurotov bilan uyushtirilgan suhbat orqali javob olishingiz mumkin.

3. Yangi oʻquv yili boshlandi. Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi, hozirgi pandemiya sharoitida maktablarimiz oʻquv yiliga qay darajada tayyor? Tabiiyki, ushbu masala barcha ota-ona, oʻqituvchi va oʻquvchilarni, umuman, har bir yurtdoshimizni qiziqtiradi. Shu bois senatorlar tomonidan umumtaʼlim muassasalarida karantin talablariga mos shart-sharoitlar mavjudligi oʻrganilmoqda.

Gazetada eʼlon qilingan “Maktablar oʻquv yiliga qay darajada tayyor?” sarlavhali maqolada ana shular haqida soʻz yuritiladi.

4. Xoʻsh, pandemiyadan chiqargan saboqlar nimalardan iborat? Pandemiya davrida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan Milliy harakatlar dasturi qanday natija bermoqda? Dunyo ekspertlari Oʻzbekistoning pandemiya bilan kurashish borasidagi ishlarini qanday baholayapti? Shu yilning 16-17-sentyabr kunlariga moʻljallangan «Pandemiyaning Markaziy Osiyoga taʼsiri: ilk saboqlar, koronainqiroz va oʻzgarish istiqbollari» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumanda ana shu masalalar muhokama etilmoqda. “Pandemiyaning Markaziy Osiyoga taʼsiri xalqaro miqyosda muhokama etilmoqda” sarlavhali maqola aynan shu haqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?