Xabib Nurmagomedov Oʻzbekistonda oʻz sport akademiyasini ochmoqchi

15:09 07 Oktyabr 2019 Sport
184 0

Oʻzbekistonda 2020-2021-yillarda ilk bor Global jangchilar chempionati oʻtkaziladi. Bu haqida UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtayotgan Synergy Global Forumda aytib oʻtdi, deb xabar berdi Sputnik.

Bndan tashqari, Habib Oʻzbekistonda Aralash yakkakurash sanʼatini (MMA) rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishini va Respublika hududid oʻz sport akademiyasi ochishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

“Oʻzbekistonda mening koʻp doʻstlarim, muxlislarim bor. Dunyoning qayerda boʻlgan boʻlsam oʻzbeklar oldimga kelib menga omad tilashadi”, — dedi sportchi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?