Kelin toʻy kuni hayotdan koʻz yumdi

17:35 10 Sentyabr 2020 Dunyo
13977 0

Illyustrativ foto

Dogʻistonda 23 yoshli qiz toʻy kuni kuchli hayajonlangani sabab hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda NTV manbasi RF tergov qoʻmitasining mintaqaviy boshqarmasi maʼlumotiga asoslanib xabar berdi.

Fojea Murguk qishlogʻida roʻy berdi. Kelin toʻy kuni kuchli hayajonlangani uchun dori ichgan, ammo bu bilan uning ahvoli badtar yomonlashgan. U shifoxonaga olib borilgan boʻlsa-da, vrachlar ayolning hayotini saqlab qola olishmadi.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilyapti. Shuningdek, oʻlim sababini aniq tasdiqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Maʼlum qilinishicha, toʻyi boʻlayotgan qizda bolaligidan yuragi bilan bogʻliq muammolar bor edi. U oʻzini tarbiyalagan buvisiga yuragi ogʻrib turishi haqida tez-tez shikoyat qilgan.

Nikoh kechasi kelin qattiq asabiylashib, hushini yoʻqotgan. Qarindoshlari unga dori berishgan, ammo bu ahvolni yana-da yomonlashtirgan. Oqibatda qizning qon bosimi keskin tushib ketgan. Dastlabki xabarlarga koʻra, oʻlimga insult sabab boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?