Kelajak umidlari

16:17 01 Iyun 2019 Sport
218 0

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bagʻishlab maktabgacha taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Kelajak umidlari” sport musobaqasi oʻtkazildi.

Poytaxtimizdagi “Taekvondo markazi”da boʻlib oʻtgan bu bellashuvdan maqsad bolalarning kichik yoshdan harakat faolligini oshirish, ularda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish ekanligi tadbirda taʼkidlab oʻtildi. Bellashuvlar 6-7 yoshdagi bolalar guruhlari oʻrtasida boʻlib, unda poytaxtimizdagi 11 ta tuman jamoalari ishtirok etdi.

Madina UMRZOQOVA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?