Keksayishning oldini olishi mumkin boʻlgan oʻsimlik topildi

10:31 27 Fevral 2019 Lifestyle
1328 0

Avstriyalik olimlar Kunchiqar yurtida ajoyib oʻsimlikni aniqlashdi va uning xususiyatlari haqida Nature jurnalida ilmiy maqola eʼlon qilindi.

Olib borilgan tadqiqotlardan shu narsa maʼlum boʻldiki, Yaponiyada oʻsuvchi koʻp yillik ashitaba oʻsimligi yoshlikni uzaytirishi mumkin ekan.

Olimlar shu boʻyicha hasharotlar va sichqonlar ustida sinov oʻtkazishadi. Tajriba natijasida jonivorlar hayotini 20 foizga uzaytirishga erishildi. Bunda oʻsimlik tarkibida boʻlgan 4,4-dimetoksixalkon (DMC) modda hal qiluvchi rol oʻynadi.

Oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, oʻsimlik barglari organizmga “oqsil chiqindisi”ni tezroq qayta ishlashga koʻmaklashuvchi maxsus molekulalar ajratishi aniqlangan.

Yaqin kelajakda biologlar ushbu oʻsimlik insonlarni qarishdan himoya qilish-qilmasligini tekshirish maqsadida tajriba oʻtkazishmoqchi.

Yaponlar ashitabani (yaponchadan soʻzma-soʻz “ertangi barg” deb tarjima qilinadi) oʻz bogʻlarida oʻstirishadi. Ashitaba sabzi va selderey(kashnichsimon oshkoʻk)ning uzoq “qarindoshi” hisoblanadi. Yaponiyada undan qator taomlarni tayyorlash hamda kasalliklarni davolashda keng qoʻllaniladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?