Kecha aholi orasidan 15 ta koronavirus holati qayd etildi. Ular qaysi hududlardan aniqlandi?

00:47 02 Iyun 2020 Jamiyat
519 0

Illyustrativ surat

1-iyun kuni yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 79 nafar bemorning 58 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 15 nafari aholi orasida qayd etilgan boʻlsa, qolgan 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, kun davomida Toshkent shahri 13 ta, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 ta holatda kasallik aholi orasida qayd etilgan.

Kun davomida 22 nafar fuqaro, jumladan, 11 nafari Samarqand viloyatidagi, 10 nafari Toshkent shahridagi, 1 nafari esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalaridan sogʻayib chiqishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3702 nafar bemordan 2859 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 828 nafar bemordan 9 nafari ogʻir, 2 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?