Karim Mirhodiyev: "Oʻynagan filmlarimdan qolsa, toʻrt-beshtasi qoladi”.

14:35 16 Avgust 2019 Madaniyat
177 0

Katta fransuz aktyorlari jiddiy ijro bilan ham odamlarni kuldira olishgan… Afsuslanmayman, har bir sanʼatkorning oʻz yoʻnalishi boʻladi. Bilmadim, peshonamga shunaqa rollar yozilgan ekanmi. Ehtimol, yana oʻzgachasi nasib etar. Oʻynagan filmlarimdan qolsa, toʻrt-beshtasi qoladi.

Koʻp rollarimda – “Charxpalak”da ham, “Ota”da ham oʻzaro bogʻlab turuvchi umumiy rishtalar bor. Qamoqdan chiqib kelgan qahramon. Hayotga oʻzimning munosabatim, pozitsiyamni bildirishim kerak. Erkak har bitta xatti-harakatiga javob berishi shart! Bolalar bizning ishlarimiz uchun aybdor emas! Kattalar oʻrtasida nima boʻlishidan qatʼi nazar, buning jabrini farzandlar koʻrmasin. U otami, demak, otaligicha qolsin!

Qahramonim Ota boʻlib ketdi. “Sabot”da ham xuddi shunday. Hamma narsani joy-joyiga qoʻyishga ulgurdi. Yoshim oʻtgani sari eng katta baxt hech kimga ozor bermay, bosgan yoʻllaringni tozalab ketish ekan, degan xulosaga kelyapman. Toʻgʻri, beayb Parvardigor. Lekin xatolaringni anglab, shularni tuzatishga urinish – Baxt. “Yevgeniy Onegin”da shunday satrlar bor:

Tartibparast, pokdil amakim

Chin dardgaki duchor oʻlmishlar,

Avlo tadbir topmay, qarangkim,

Izzattalab boʻlib qolmishlar!

...

Yostiqlarin tuzatib turmoq,

Mayus eltmoq dori-darmonlar;

Xoʻrsinmogʻ-u, aytmoq besado:

“Qachon seni koʻtargay xudo!”

Eng yomon koʻrgulik – jonimni qachon olarkin deb kutish…

(“Kino sanʻati” jurnalining 2-sonidan olindi)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?