Karantinda tabiatning oʻzi uyingizda mehmon boʻladi...(Foto Video)

21:29 25 Aprel 2020 Jamiyat
5495 0

Purviqor togʻlar, mangu qoyalar, muz choʻqqilar, yam-yashil oʻrmonlar-u oʻtloqlar, qir-adirlar, bepoyon choʻllar, dunyoning hech bir yerida uchramaydigan dorivor oʻsimliklar, kamyob fauna olami. Bularning barchasi ona-Vatanimizning musaffo osmoni ostida jamlangan. Ular Oʻzbekistonning betakror tabiatini, noyob neʼmatlarini, ilmiy til bilan aytganda, oʻxshashi yoʻq bioxilma-xilligini oʻzida ifodalaydi.

Bunday manzaralarni qancha tomosha qilsang ham toʻymaysan kishi. Rassom moʻyqalami qancha harakatlanmasin, shoir ilhomi toʻxtamay qaynasin, baribir serquyosh diyorimizning ilohiy peyzajlarini toʻligʻicha koʻrsatib bera olmaydi. Tabiatimizning bu goʻzalliklarini faqat his qilish mumkin. Tuygʻularni esa soʻz ifodalab bera olmaydi.Bu yaqinda Ugom-Chotqol taraflarga ekspeditsiya safida sayohatga chiqqan muxbirimiz Hasan Paydoyevning aytgan gaplari.

Mazkur fikrlar qanchalik rost ekanligini bilishni istaysizmi?Buning uchun salkam 200 chaqirimlik sarguzashtlar haqida batafsil toʻxtalmoqchi emasmiz. Doʻlana uchun esa toqqa chiqishingiz ham shart emas. Gap shundaki, togʻlarning oʻzi xonadoningizga “tashrif“ buyuradi.Yaqin kunlarda yurtimizning ugomu chotqolcha malohati, latofatini oʻzida aks ettirgan videolavhani eʼtiboringizga havola etamiz. Va uni tomosha qilsangiz, yuqoridagi gaplarimiz qanchalik haqiqat ekanligiga shohid boʻlam.

Hozircha, xamir uchidan patir deganlaridek, shu boʻyicha tayyorlangan anonsimiz bilan tanishib tursangiz. Bu ham karantin davrida uyda qolganingizda oʻzgacha estetik zavq bagʻishlashi qatori sizni gʻoyibona oʻsha yovvoyi landshaftlar tomon olib ketadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?