Karantin paytida farzand uchun olinadigan alimentlar toʻlanadimi?

16:46 27 Mart 2020 Jamiyat
357 0

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyeva ishtirokida onlayn brifing oʻtkazilmoqda.

❓Karantin paytida farzand uchun olinadigan alimentlar toʻlanishi kerakmi?

❗️ Aliment toʻlovlari — bu avvalambor voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Shu bois har ishga individual tarzda yondashiladi va holatdan kelib chiqib chora koʻriladi.

Aliment toʻlovlarida uzilish boʻlmasligi shart.

Amaldagi qonunchilikka koʻra faqatgina agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlsa, sud aliment toʻlayotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, uni aliment toʻlashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?