Karantin: Fransiyadagi Versal saroyi oʻz eshiklarini ochdi

22:08 06 Iyun 2020 Dunyo
180 0

Foto: РИА Новости

Bugun Fransiyadagi Versal saroyi 82 kun deganda karantindan keyin mehmonlar uchun oʻz eshiklarini ochdi.

“Versal qalʼasi va uning atrofidagi hudud uzoq vaqt yopilgandan soʻng bugungi kunda oʻz eshiklarini tashrif buyuyruvchilar uchun ochdi. Saroy odatdagidek, 9:00 dan 18:00 gacha ishlashda davom etadi. Faqat tashrif buyuruvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak”, – deydi kompleks vakillari Twitterdagi sahifalarida.

Oʻzingizni va boshqalarni koronavirus infeksiyasidan himoya qilish uchun, albatta, niqob taqish majburiy. Kompleks hududida faqat tashrif vaqtini oldindan buyurtma qilganlar harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Majmua 13-mart kuni mamlakat Madaniyat vazirligining buyrugʻiga binoan Fransiyada ham COVID-19 tarqalishi sababli yopilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, saroy bunday uzoq vaqtga ikkinchi marta - 1939-yilda Ikkinchi Jahon urushi boshlanganida yopilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?