Kann xalqaro kinofestivalida oʻzbek filmlari namoyishi boʻlib oʻtdi

03:44 19 May 2019 Madaniyat
597 0

Avval xabar berganimizdek, Fransiyaning Kann shahrida boʻlib oʻtayotgan 72-Xalqaro kinofestivalda “Respublika kinoprokat markazi” hamda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan tashkillashtirilgan oʻzbek kino filmlari stendi “ Marche du Film” kinobozorida 50 ta turli janr va uslubdagi 50 ta badiiy , hujjatli hamda animatsion filmlarni taqdim etmoqda.

Kecha kino bozor ishtirokchilari uchun kinorejissyor Abduvohid Gʻaniyevning “Elparvar”(prodyuser Zafar Yoʻldoshev) filmining maxsus taqdimoti boʻlib oʻtdi. “Respublika kinoprokat markazi” bu yil 72-xalqaro Kann kino festivalining“ Marche du Film” kinobozorida ilk bora ishtirok etayotgani va bu sohada hali yangi ekanligiga qaramasdan, 17 mayga rejalashtirilgan “Elparvar” filmining maxsus namoyishi kutilganidanda yaxshi oʻtdi.

Avvalo kinobozorda tashkil etilgan stend, unda taqdim etilgan kartinalar kinotadbirkorlarning eʼtiborini torta oldi. Tomoshabinlar orasida Nemis, fransuz, turk, hind va koreyaliklarni koʻrish mumkin edi.

Eronlik kinorejissyor, 2015 yilda oʻzining “Utopiya” filmi bilan Kann xalqaro kinofestivali nomzodi boʻlgan Hasan Nazir “Elparvar” filmi haqida jumladan quyidagilarni gapirdi: “Elparvar” filmini oʻzinng betakror lokatsiyalari, aktyorlik ijrosi bilan meni hayratga soldi. Kartina kattagina ijodiy guruhning yaxshi kino qilish yoʻlidagi intilishlaridan darak berib turibdi”. Estoniyalik prodyuser Tatyana Muxlbayer: “Elparvar, oʻzbek kinosining yangi davri boshlanganidan xabar beruvchi film. Endi bu xabarlar katta voqealarga sabab boʻlishi kerak. Oʻsha kunlar ham uzoq boʻlmasa kerak”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?