Kanadada ham goʻshtni koʻp yeyishar ekan. Bunga hasharotlar va nasha oʻsimligining nima daxli bor?

14:48 30 Oktyabr 2019 Dunyo
332 0

Illyustrativ foto

Shuning uchun Kanadaning Beyond Meat kompaniyasi hasharotlar va nasha oʻsimligidan goʻsht ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ayni paytda mazkur kompaniya tomonidan soya va noʻxatdan muqobil goʻsht tayyorlayotgan edi. Ammo uning vakillari ushbu mahsulotdagi protein tarkibi hamda taʼm koʻrsatkichlari oddiy goʻshtnikiga nisbatan kam degan xulosaga kelishdi. Shuning uchun yangi xom ashyolardan foydalanishga qaror qilishgan.

Beyond Meat buning uchun qora chigirtkani tanladi. Sababi bu hasharotdagi oqsil uni oʻziga xos hid va taʼmga ega boʻlib, oqsil tarkibi boʻyicha oʻsimlik xom ashyolaridan ustun turadi. Shu bois endi uni pishiriqlardan tortib kolbasalargacha qoʻshishmoqchi

Qolaversa, kompaniya sunʼiy goʻsht ishlab chiqarish uchun kakao donlari qoldiqlari, AQSH va Kanadada oʻstirish ruxsat etilgan nasha oʻsimligidan foydalanmoqchi.

Shuningdek, yana bir anʼanaviy mahsulot raps(oʻsimlik turi) ham qoʻshimcha sifatida ishlatiladi. Odatda Kanadada ushbu oʻsimlik yogʻidan hayvonlarga ozuqa tayyorlashda foydalaniladi. Beyond Meat 2019-yil yozdan boshlab rapsdan oqsil kukuni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan edi. Endi ushbu mahsulot oʻsimlik goʻshti uchun xom ashyoga aylanadi.

2019-yilda oʻsimlik goʻshtidan tayyorlangan taomlar KFC, Burger King, McDonaldʼs, Pizza Hut, Subway, Dunkinʼ Donuts nuqtalarida paydo boʻldi. Sunʼiy goʻshtning dunyo bozori 240 mlrd. dollar deya baholanyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?