Yoshlar Ittifoqi yoʻqolib qolgan Abdulloh Tohirov boʻyicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

11:30 08 Noyabr 2019 Jamiyat
2455 0

Soʻnggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bogʻliq xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Axborot xizmati xabar berdi.

Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat boʻyicha bir necha kun avval oʻrganish ishlarini boshlagan. Bizga maʼlum qilishlaricha, Abdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shugʻullanmoqda va tez orada bu holat boʻyicha rasmiy maʼlumot beriladi.

“Biz imkonimiz boricha Abdulloh va uning yaqinlariga yordam qoʻlini choʻzishga tayyormiz. Ayni vaqtda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilmoqda.

Biz jarayonning ochiq va shaffof oʻtishi, holat bilan bogʻliq aniq maʼlumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishini istab qolamiz“, deyiladi Ittifoq bayonotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?